"Real Madrid" yarim himoyachisi Chempionlar ligasidagi klub afsonasining rekordini takrorladi.
"Arsenal"ga qarshi o'yin Jud Bellingem uchun Chempionlar ligasidagi 47-uchrashuv bo'ldi. U barcha o'yinlarda 22 yoshga to'lmasdan qatnashyapti.
Angliyalik futbolchi bu ko'rsatkich bo'yicha "qaymoqranglilar" darvozaboni Iker Kasilyas bilan tenglashdi.
Jud Bellingem "Real Madrid" safida Chempionlar ligasidagi 24-uchrashuvida maydonga tushdi. Yarim himoyachi "Borussiya D" safida yana 23 ta o'yin o'tkazgan.