Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta “Real”ning Chempionlar ligasidagi mashhur sehri haqida gapirdi. Bu safar “qaymoqranglilar”ga hech narsa yordam bermadi.
"Bugun birinchi marta "Santyago Bernabeu"da zaxira o'rindig'ida o'tirdim va nega bu stadionda hamma narsa sodir bo'lishi mumkinligini tushundim. Ularda tartibsizlik, raqiblari uchun qo'rqinchli noaniqlik yaratish qobiliyati bor. Lekin biz buni uddalay oldik", - dedi Arteta o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
"Arsenal"ning Chempionlar ligasidagi navbatdagi raqibi "PSJ" bo'ladi.