"Real" Evropa chempionlar ligasidagi g'olibligini himoya qila olmadi. Karlo Anchelotti jamoasi bu safar "Arsenal"ga umumiy hisobda 1:5 (safarda 0:3, uyda 1:2) hisobida imkoniyatni boy berib, chorak finalning o'zidayoq qit'aning klublar o'rtasidagi bosh turnirini tark etdi.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Anchelotti londonliklarga Chempionlar ligasida g'olib chiqishni tilaganini tan oldi.
"Anchelotti menga "Arsenal"ning Chempionlar ligasida g'alaba qozonishiga umid qilayotganini aytdi," - dedi Arteta jurnalistlarga.