"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan jamoaning kelajagi borasida fikr bildirdi. Chorak final bosqichida "qaymoqranglilar" "Arsenal"ga imkoniyatni boy berdi (ikki o'yin natijasiga ko'ra 1:5).
"Endi La Liga chempionligi uchun kurashamiz. Bizda noqulay turnir holati bor ("Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda - izoh), ammo "Barselona" bilan hali o'zaro to'qnashuv bo'ladi. Mavsumda bizni kubok finali va klublar o'rtasidagi jahon chempionati ham kutmoqda. Biz o'rnimizdan turishimiz kerak. Boshni ko'tarib, xatolardan saboq olish kerak," - dedi Anchelotti.
"Real" navbatdagi o'yinini 20 aprel, yakshanba kuni Ispaniya chempionatida "Atletik"ka qarshi o'tkazadi.