Lukas Vaskes "Real" Chempionlar ligasini tark etganidan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
Madridliklar 1/4 final javob bahsida "Arsenal"ga mag'lub bo'ldi (1:2, birinchi o'yin - 0:3).
"Og'ir damlar. Menimcha, bugun harakat qildik. Bu qiyin o'yin bo'ldi. Bizda o'zimiz xohlagandek ko'p vaziyatlar bo'lmadi. Bu o'yinda obro'imizni yo'qotmadik.
Bizga aniqlik va sabr-toqat etishmadi. Ular himoyalanish uchun kelishdi. Birinchi bo'limda ular deyarli hech narsa yaratmadilar ("Real" 1-bo'limda birorta ham aniq zarba bermadi). Tanaffusdan so'ng ular bor kuchlarini ishga solib, g'alaba qozondi", - dedi Vaskes.