Nacho Monreal "Real"ning "Arsenal"ga qarshi o'yinda kambekni amalga oshirishiga shubha qilmoqda.
"Kanonirlar" turnirning chorak finalining ilk uchrashuvida madridliklarni mag'lub etishdi (3:0). Javob o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:59da bo'lib o'tadi.
"Bernabeu"dagi muhit tajribali va ko'p janglardan o'tgan "Arsenal" futbolchilarini qay darajada cho'chitishini bilmayman.
Sport miqyosida barchamiz "Real" bu stadionda nimalarga erishganini juda yaxshi bilamiz. Ammo ma'lumotlar va statistika shuni ko'rsatadiki, bunday natija bilan katta jamoani mag'lub etish juda qiyin bo'ladi", - dedi "Arsenal"ning sobiq himoyachisi.