Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Angliya Premer-ligasida ishtirok etishi mumkin. So'nggi paytlarda matbuot turkiyalik futbolchini Premer-liga klublari bilan tez-tez bog'lab turadi.
Fichajes'ning fikricha, “Manchester Yunayted” Gyulerning transferi uchun 60 million evro taklif qilishi mumkin. Agar turkiyalik yarim himoyachi o'tish uchun tayyor bo'lsa, taklif tushadi.
Avvalroq, 20 yoshli Arda Gyulerga "Arsenal" va "Liverpul" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.