Chorshanba kuni "Real Madrid" va "Arsenal" o'rtasida Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Xabarga ko'ra, UEFA "Real Madrid"ning o'yinni stadion tomi yopiq holda o'tkazish haqidagi iltimosini ma'qullagan. "Real Madrid" muxlislarning qo'llab-quvvatlashi yanada sezilarli bo'ladigan sharoit yaratmoqchi.
Ushbu o'yinda g'olib chiqqan jamoa Chempionlar ligasi yarim finalida “PSJ”ga qarshi maydonga tushadi.