Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Dastlabki 15-20 daqiqa ko'p narsani hal qiladi” — Davron Fayziev “Real Madrid”—“Arsenal” o'yini haqida

Bugun UEFA Chempionlar Ligasi chorak final bosqichi javob uchrashuvi doirasida “Real Madrid” o'z maydonida “Arsenal”ni qabul qiladi.

.
- Yuklab olish

Bugun UEFA Chempionlar Ligasi chorak final bosqichi javob uchrashuvi doirasida “Real Madrid” o'z maydonida “Arsenal”ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahsda “kanonirlar” 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Mazkur bahs oldidan sharhlovchi Davron Fayziev “Daryo”ga o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Real Madrid” — “Arsenal” uchrashuvida dastlabki 15-20 daqiqa ko'p narsani hal qiladi. “Real” o'sha payt bosim qilib, bitta bo'lsa ham gol urishga ulgursa, ular keyingi daqiqalarda ruhiy ustunlikka ega bo'ladi. Albatta, “Arsenal” anchadan beri uchta to'p farqi bilan yutqazmayapti. “Real” esa uzoq vaqtdan beri uchta to'p farqini yo'qqa chiqarmagan. Shu faktorlar “Arsenal”ni favorit qilmoqda.

Biroq atrofimdagi odamlar “Real Madrid” kambek qila oladimi deb savol berishmoqda. Ya'ni, ko'pchilik “Real” kambek qila olishiga ishonyapti. Ha, ko'pincha “Real” o'zini qayta tiklay olgan. Lekin 16 aprel kungi bahs haqida nimadir deyish qiyin", deydi Fayziev.

“Real” — “Arsenal” uchrashuvi bugun, 16 aprel kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. Birinchi uchrashuvda London klubi 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

BestMaster
16 Aprel 2025, 17:30
“dastlabki, 15-20, daqiqa, narsani, qiladi”, davron, fayziev, “real, madrid”—“arsenal”, oyini, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017