Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi nimchorak finalida “Arsenal”ga qarshi javob o'yini oldidan video taqdim etdi.
Birinchi o'yinda londonliklar o'z maydonida 3:0 hisobida zafar quchgandi.
Videoda turnirning amaldagi g'oliblari ChatGPT chatbotidan “Noventa minuti en el Bernabeu son molto longo” (Bernabeudagi to'qson daqiqa – juda uzoq) iborasini iloji boricha ko'proq tillarga tarjima qilishni so'rashayotganini ko'rsatdi.
Chatbot vazifani muvaffaqiyatli bajardi.