"Real"ning sobiq hujumchisi Yaqin Sharq klublari e'tiborini tortdi.
Jurnalist Nikolo Shkiraning xabar berishicha, so'nggi kunlarda Luka Yovichga Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAning bir qancha klublari murojaat qilishgan. Ular yozda uni erkin agent sifatida olishni o'ylashmoqda.
Qayd etish kerakki, 27 yoshli serbiyalik forvardning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi, biroq “rossonerilar” rahbariyati uning so'nggi o'yinlardagi o'yinini inobatga olgan holda, yaqin orada uni uzaytirishi mumkin.
Luka Yovich joriy mavsumda Italiya chempionatida “Milan” safida 10 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.