"Arsenal" iyun oyi boshida "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendini sotib olishni yakunlashni kutmoqda.
Yaqinda matbuotda "Real" Subimendini qo'lga kiritmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar paydo bo'lgach, "Arsenal" muxlislari xavotirda edi.
Biroq, talkSPORT bu tashvishlar behuda ekanligiga ishontirmoqda. Bularning barchasi 26 yoshli ispaniyalik futbolchining kelasi mavsumda “Arsenal” safida o'ynashiga ishora qiladi.
"Arsenal" Subimendi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, Martin esa yozdagi birinchi transferiga aylanadi.
Subimendi "Arsenal"ga 52 million funtga tushadi, bu uning "Real Sosedad" shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan. O'tgan yozda "Liverpul" bu summani to'lashga tayyor edi, biroq Martin San-Sebastyanda qolishga qaror qilgandi.