"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o'yinidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kambek haqida gapirish? Men bu ularning tarixining bir qismi ekanligini tushunaman va ular bunday stsenariylar haqida gapirishga haqli.
Bizda hamma narsa boshqacha. Bizning o'z fikrlash tarzimiz, tayyorgarligimiz va o'yinning muhim jihatlarida qanday qilib ulardan yaxshiroq bo'lishimiz haqida fikrlarimiz bor" - dedi Arteta.
Uchrashuv bugun, 16 aprel kuni bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 3:0 hisobida londonliklar foydasiga hal bo'lgandi.