Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan Londonning "Arsenal" klubiga qarshi javob o'yini oldidan matuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bernabeu"ning o'ziga xos sehri bor, bu erda o'zgacha muhit borligini hamma biladi. Bugun bizga hamma narsa kerak bo'ladi: sifat, mukammal jismoniy va jamoaviy o'yin. Hech narsani o'tkazib yuborish mumkin emas. Motivatsiya bor va endi biz o'yinchilardan o'yin oldidan xotirjam bo'lishlari kerak. Bunga bor kuchimizni berishimizga shubham yo'q" - dedi Anchelotti UEFA rasmiy saytiga.