Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan Londonning "Arsenal" klubiga qarshi javob o'yini oldidan matuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugun biz birinchi o'yinda ko'rsatganimizdan ham ko'proq narsani ko'rsatishimiz kerak. Biz qat'iyroq o'ynashimiz kerak, o'yin nimani talab qilishini yaxshiroq tushunib, o'tishlarda samaraliroq bo'lishimiz kerak - buning bir nechta jihati bor. Biz ancha yaxshi o'ynashimiz mumkinligini bilamiz. Yo'qotish yomon, lekin undan saboq olmaslik bundan ham yomon. Biz jamoaga va o'z imkoniyatlarimizga ishonishimiz kerak" - dedi Bellingem UEFA rasmiy saytiga.