"Real Madrid" safarda "Arsenal"dan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Karlo Anchelottidan erta gol urish muvaffaqiyat kaliti bo'ladimi, degan savol berildi.
"Bizga faqatgina erta gol urish kerak deb o'ylamayman. Albatta, erta gol o'yin uchun muhim. Lekin eng muhimi o'yinni yaxshi nazorat qilish va unga boshidan bor kuchingizni berishga harakat qilish. O'yinni yaxshi nazorat qilsangiz, istalgan daqiqada gol urishingiz mumkin", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.