"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2018 yilda terma jamoani boshqarishdan bosh tortganini ma'lum qildi.
Anchelotti Italiya terma jamoasini qabul qilishi mumkin edi, ammo bu ish oxir-oqibat Roberto Manchiniga tushdi.
"Men Italiya terma jamoasiga yo'q dedim, chunki bu menga yoqmadi. Menga har kuni maydonda bo'lish, mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish yoqadi.
Terma jamoa menga to'liqsiz ish jarayoni bo'lib tuyuldi, bu esa ishtiyoqimni yo'qotib qo'yadi. Shuning uchun men rad javobini berdim", - dedi Anchelotti.