Karlo Anchelotti "Real"ga o'z xizmatlarini taklif qilganini aytdi.
Italiyalik mutaxassis 2021 yilda jamoa bosh murabbiyi lavozimiga qaytgan. Bungacha u 2013 yildan 2015 yilgacha madridliklarni boshqargan.
"Men ularga o'zim qo'ng'iroq qildim. Bir yil oldin ularda "Everton"ga mos o'yinchilar bor-yo'qligini bilish uchun ularga qo'ng'iroq qildim va biz Xames Rodrigesni oldik.
Keyingi mavsumda men ular murabbiy qidirayotganini eshitdim va ular bilan gaplashdim va ularga yaxshi murabbiy kerakligini aytdim", dedi Karlo Anchelotti.