Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi Londonning “Arsenal” futbolchilaridan qaysi biri haqiqatan ham “Real”ning kuchini oshirishi mumkinligi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
Yakunda u bor-yo'g'i uch nafar futbolchi nomini aytdi. U Uilyam Saliba, Mayls Lyuis-Skelli va Deklan Rays Madrid klubini kuchaytira oladi, deb hisoblaydi.
Eslatib o'tamiz, UEFA Chempionlar ligasining birinchi chorak finalidan o'rin olgan “Arsenal” – “Real” uchrashuvida “kanonirlar” 3:0 hisobida zafar quchgan edi. Javob o'yini 16 aprel kuni bo'lib o'tadi.