Fichajes'ning so'zlariga ko'ra, Alfonso Devis "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirgach, "Real" e'tiborini "PSJ"dan Nunu Mendeshga qaratgan. Kelishuvga shaxsan Florentino Peres boshchilik qilmoqda va klubga 70 million evroga tushishi mumkin.
Futbolchiga qiziqish yangilik emas. Madrid ikki yildan beri Mendeshni ustuvor maqsad sifatida ko'rmoqda va Devis bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, uning nomzodi yana dolzarb bo'lib qoldi. Mendesh 22 yoshida ham Liga 1'da ham, Evropa arenasida yuqori saviyani namoyish etib bo'ldi.
"PSJ" Mendesh bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirgan bo'lsa-da, muzokaralar butunlay silliq kechmadi.
Ushbu mavsumda portugaliyalik "PSJ" safida barcha turnirlar doirasidagi 37ta o'yinda 5ta gol va 5ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.