Rafael Benites Krishtianu Ronaldu bilan mojarolar haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Real Madrid"dan Krishtianu Ronalduni deb ketganim to'g'ri emas. Oramizda hech qachon kelishmovchilik bo'lmagan, u ajoyib futbolchi va fenomen.
Men klubdagi ba'zi ichki muammolar tufayli ketdim, ammo ularning Ronalduga aloqasi yo'q edi", - dedi "Real"ning sobiq bosh murabbiyi.
Benites 2015 yildan 2016 yilgacha Madrid jamoasini boshqargan.