Karlo Anchelotti Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortgani haqida gapirdi.
“Men rad etdim, chunki o'zim xohlamaganimni his qildim. Menga har kuni bazada bo'lish, mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish juda yoqadi, terma jamoa esa qandaydir yarim kunlik ish kabi ko'rinardi, shu sababli men ishtiyoqimni yo'qotib qo'yaman", dedi "Real Madrid" bosh murabbiyi.