Braziliyalik afsonaviy to'purar Ronaldo qanday qilib "Barselona"ni 1996 yilda tark etganini esladi.
"Fantastik mavsumdan so'ng menga ma'lum qilishdiki, «Barsa» men bilan bitimni uzaytira olmas ekan. Ichakka musht tushganday tuyulgan. Men shaxarni sevib qolgan edim.
Men «Barselona»ga qaraganda «Real»dan ko'proq minnatdorman va ularga yaqinrog' bog'langanman, garchi men faoliyatimdagi eng zo'r mavsumimni «Barselona»da o'tkazgan bo'lsam xam", - dedi 48 yoshli sobiq futbolchi.
Ronaldo 2002 yilda "Inter"dan "Barselona"ning ashaddiy raqibi "Real"ga o'tgan.