Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe qo'pol qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgandan so'ng «Alaves» futbolchisidan uzr so'radi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 31-turidan o'rin olgan uchrashuvda (1:0) maydondan chetlatildi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 31-turidan o'rin olgan uchrashuvda (1:0) maydondan chetlatildi. U «Alaves» yarimhimoyachisi Antonio Blankoga jarohat etkazib qo'ydi. Buning uchun esa frantsiyalik futbolchi raqib futbolchisidan uzr so'radi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvdan so'ng Mbappe Blankoni topib, undan uzr so'ragan va sog'ligi haqida so'rashga qaror qilgan.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 39-daqiqasida madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe raqibga nisbatan qo'pol fol qiladi. Hakam avvaliga unga sariq kartochka ko'rsatdi, biroq VAR orqali holatni ko'rib chiqqanidan so'ng, futbolchini qizil kartochka bilan maydondan chetlatdi.

31-turdan so'ng «Alaves» jamoasi 30 ochko to'plab, turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi. «Real» esa shuncha uchrashuvdan so'ng 66 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. 2024/2025 yilgi Ispaniya chempionatida peshqadamlikni 70 ochkoga ega «Barselona» egallab turibdi.

BestMaster
14 Aprel 2025, 06:30
mbappe, qopol, qoidabuzarlik, uchun, maydondan, chetlatilgandan, song, «alaves», futbolchisidan, soradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017