Yakshanba kuni Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionati doirasida “Alaves”ga qarshi safarda maydonga tushadi.
Madrid jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti asosiy tarkibga quyidagi futbolchilarni kiritishga qaror qildi:
Kurtua, Vaskes, Asensio, Ryudiger, Fran Garsiya, Valverde, Tchuameni, Kamavinga, Gyuler, Mbappe, Rodrigo.
Eslatib o'tamiz, o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydigan “Real” futbolchilari orasida Jude Bellingem, Vinisius Junior va Luka Modrich ham bor.
“Alaves” – “Real” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi.