"Liverpul"ga tegishli bo'lgan argentinalik yarim himoyachi Aleksis Makallisterga "Real" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri ma'lum qildi.
"Real" markaziy yarim himoyachi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" Aleksisning jamoaning o'yin uslubiga mos kelishiga ishonchi komil. Makallisterning potentsial transferi 90 million evroga baholangan.
Argentinalik futbolchi "qizillar" bilan 2028 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "mersisaydliklar" safida 44 ta o'yinda ishtirok etgan. Aleksis oltita gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.