Karlo Anchelotti "Arsenal"ga qarshi javob o'yini oldidan o'yinlar taqvimidan shikoyat qilmayapti.
Bugun "Real Madrid" La Ligada "Alaves" bilan, chorshanba kuni esa Chempionlar Ligasida "kanonirlar" bilan o'ynaydi.
- Chempionlar ligasining 8 ta chorak finalchisidan yakshanba kuni o'ynaydigan yagona jamoa "Real". Nima uchun "Alaves" bilan o'yin shanba kuniga ko'chirilmaganini bilasizmi?
- Yo'q, biz buni tushunmayapmiz, lekin bu shunday. Bu butun mavsum shunday va buni tushuntirib bo'lmaydi.
Ammo haqiqat shundaki, biz 72 soatdan ko'proq dam olamiz. Shuning uchun shikoyat qilishga haqqimiz yo'q" - dedi "Real Madrid" ustozi.