Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Tomas Parti Chempionlar ligasi chorak finalida "Real" bilan bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoalarning birinchi uchrashuvi "kanonirlar"ning 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi. Javob o'yini 16 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.
"Biz to'p bilan ishonchli o'ynashimiz va o'z o'yinimizni o'ynashga harakat qilishimiz kerak. Biz nima qilishimiz kerakligini hammamiz bilamiz. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish va Madridga ham xuddi shunday munosabat bilan yo'l olamiz. "Real"ning zaif tomonlaridan foydalanib, hujumda davom etishga harakat qilamiz", - dedi Parti.
Shanba kuni "Arsenal" APL doirasidagi o'yinda "Brentford" bilan ochkolarni bo'lishib oldi (1:1). Golga aynan ganalik yarim himoyachi mualliflik qildi.