Serxio Ramos barcha musobaqalar doirasidagi mavsumdagi 4-golini urdi.
"Monterrey" himoyachisi Meksika chempionati doirasidagi "Tigres"ga qarshi o'yinda (1:2) penaltini golga aylantirdi.
Joriy mavsumda 7 ta o'yinda 39 yoshli ispaniyalik himoyachi 2 ta penalti tepgan.
"Real", "PSJ" va "Sevilya"ning sobiq futbolchisi fevral oyidan beri "Monterrey"da o'ynamoqda.