Madridning "Real" klubi yakshanba kuni La Liga 31-turida "Alaves" mehmoni bo'ladi.
Ushbu o'yinni Karlo Anchelotti diskvalifikatsiya qilingani sababli zaxira o'rindig'idan kuzata olmaydi. Uning o'rniga o'g'li Davide Anchelotti jamoani bosh murabbiy sifatida maydonga olib chiqadi.
Bellashuv 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:15'da start oladi.