Madridning “Real” klubi yangi chap qanot himoyachisi qidirishda davom etmoqda.
Avvalroq Alfonso Devisning "Bavariya"dan transferi qizg'in muhokama qilingandi, ammo kanadalik yaqinda nemis klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Manbaga ko'ra, "Real Madrid" muqobil variantlarni ko'rib chiqmoqda. Ustuvorlik - "PSJ"da o'ynayotgan Nunu Mendesh. Biroq Parij klubi bu futbolchi borasida muzokaralar olib borishdan manfaatdor emas.
"Real Madrid" va "PSJ" o'rtasidagi keskin munosabatlarni hisobga olsak, Mendeshning Madrid klubiga o'tishi dargumon.