"Bornmut" markaziy himoyachisi Din Xyoysen faoliyatida jiddiy qadam tashlashi mumkin. Todofichajes portalining ma'lum qilishicha, istiqbolli himoyachi xizmatiga Madridning "Real," "Chelsi," "Bavariya" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Xeysenning o'zi "qirollik klubi" foydasiga tanlov qilgan. Potentsial transfer summasi 50-60 million atrofida baholanmoqda. "Real" allaqachon futbolchining vakili, shuningdek, "Bornmut" rahbariyati bilan muzokaralarga kirishgan.
Himoyachi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 25 ta o'yin o'tkazdi. Din ikkita gol urdi, bitta golli uzatmani amalga oshirdi va ettita sariq kartochka oldi.