"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA xabar berdi.
26 yoshli yarim himoyachi turnirning 1/4 finali doirasida "Real"ga qarshi (3:0) birinchi o'yinda dubl qayd etdi. U ikkala golni ham jarima zarbalaridan so'ng urdi.
Angliyalik futbolchi "PSJ"dan Xvicha Kvaratxeliya, “Inter”dan Alessandro Bastoni va “Barselona”dan Robert Levandovskini ortda qoldirdi.