"Real" futbolchilari kiyinish xonasida Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o'yinida "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatni muhokama qilishdi. Madridliklar Londonda 0:3 hisobida yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
Relevo'ning qayd etishicha, hujumchilar Kilian Mbappe, Vinisius Junior, yarim himoyachilar Jud Bellingem va Federiko Valverde motivatsion nutq so'zladi.
Nashrning yozishicha, gap "Real"ning Chempionlar Ligasidagi 15 ta chempionligi, shuningdek, javob o'yinining dastlabki 15 daqiqasida gol urish maqsadi haqida borgan. Kiyinish xonasida "o'zimiz o'ynaymiz" degan gapdan keyin olqishlar yangradi.
Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi "Real" - "Arsenal" bahsi 16 aprel kuni bo'lib o'tadi.