Chempionlar ligasining chorak final dastlabki o'yinlaridan so'ng Opta mutaxassislari superkompyuterni yana ishga tushirdi va jamoalarning turnirda g'alaba qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, Evropa chempionlar kubogida g'alaba qozonish uchun eng yuqori imkoniyat "Arsenal"da.
"Kanonirlar"ning g'alaba qozonish imkoniyati 27,8%. Ikkinchi o'rinda “Barselona” (25,9 foiz), uchinchi o'rinda “PSJ” (21,9 foiz), to'rtinchi o'rinda “Inter” (19,8 foiz) joylashgan.
Bundan ham pastroqda “Bavariya” (3 foiz), “Real” (0,9 foiz), “Aston Villa” (0,8 foiz) va “Borussiya” (0 foiz).