Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres yozgi transfer oynasida "Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba bilan shartnoma imzolashga qaror qildi.
Caughtoffside nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" prezidenti 24 yoshli frantsuzni Madridga olib kelish uchun "kanonirlar"ga 85 million funt sterling (90 million evrodan ko'p) taklif qiladi.
O'z navbatida "Arsenal" himoya markazi etakchisi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamoqda.
Saliba bu mavsumda jami 42 ta o'yinda 2 ta gol urdi.