Vinisius Junior Saudiya Arabistonidan kelgan taklifdan qoniqmayapti.
Avvalroq "Real" vingeriga 5 yillik 1 milliard evrolik shartnoma taklif qilingani haqida xabar berilgandi.
Cadena SER xabariga ko'ra, Vinisius va uning atrofidagilar Saudiya Arabistoni klubi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga qiziqmagan. O'z navbatida saudiyaliklar braziliyalikning transferiga 1-2 mavsumga katta mablag' sarflashga tayyor emas.
Xabarlarga ko'ra, Vinisius va "Real" yangi shartnoma bo'yicha muvaffaqiyatli muzokaralarni davom ettirmoqda. Ayni damda shartnomani yana 2-3 yilga uzaytirish borasida muzokara ketmoqda. Bunday yo'l bilan futbolchi Saudoyadan kelgan qiziqishlarga saqlab qolmoqchi.
Joriy mavsumda Vinisius La Liganing 24 ta uchrashuvida 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.