"Arsenal"ga qarshi o'yinda "Real" yirik hisobda mag'lub bo'ldi - 0:3.
Madridliklar yarim himoyachisi Federiko Valverde Chorak final o'yinida kambek qilishga ishonmoqda.
"Haftani yomon o'tkazdik, yomon o'ynadik va "Arsenal" bilan o'yin ham bundan mustasno emas edi.
Men ishonaman va bilamanki, biz kambek qila olamiz. Muxlislarimiz qo'llab-quvvatlaydi. Hammamiz birgalikda buni uddalay olamiz", - dedi urugvaylik yarim himoyachi.