Qanot hujumchisi Vinisius Junior va “Real” yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borishmoqda. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarida yakuniga etadi.
Saudiya Arabistoni klublari 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishdi va Madridning “Real” klubi forvardni tark etish vasvasasiga tushib qolmasligi uchun u bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. Cadena SER xabariga ko'ra, tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishgan.
Ayni damda futbolchi Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o'tish bilan bog'liq variantlarni jiddiy ko'rib chiqmayapti. Transfermarkt portaliga ko'ra, Vinisius Juniorning transfer qiymati 200 million evroni tashkil qiladi.