"Arsenal" markaziy himoyachisi Uilyam Saliba kechagi Chempionlar ligasi chorak finalida "Real"ga qarshi o'yinda yarim himoyachi Deklan Raysning ikkita goli haqida gapirdi.
"Men hayronman. Men "Arsenal"da o'ynaganimdan beri bunday jarima zarbalarini ko'rmaganman. Deklanning birinchi goli o'yinni ochdi. Bu o'yinda u boshqaruvni o'z qo'liga oldi va ikkita ajoyib gol urdi", - deydifrantsiyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" - "Real Madrid" uchrashuvi Londondagi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tdi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.