Andros Taunsend "Real Madrid"ni Chempionlar ligasidan erta chetlatmaslikka chaqirdi.
Chorak finalning ilk o'yinida madridliklar mehmonda “Arsenal”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. "Santyago Bernabeu"dagi javob o'yini 16 aprel kuni bo'lib o'tadi.
"Hech qachon, hech qanday sharoitda "Real"ni hisobdan chiqarmang. "Arsenal" uch to'p farqi bilan oldinda, lekin "Real" Bernabeuda erta gol ursa, hamma narsa sodir bo'lishi mumkin.
Ha, bu dargumon, chunki Arteta jamoasini muhim o'yinlarga, ayniqsa mehmondagi uchrashuvlarga ajoyib tarzda tayyorlaydi. Ammo siz hech qachon "Real"ni rad eta olmaysiz", dedi Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.