Seshanba kuni "Real" Chempionlar ligasining dastlabki chorak finalida "Arsenal" mehmoni bo'ldi - 0:3. Yarim himoyachi Luka Modrich bu o'yinda dastlabki daqiqalardan maydonga tushdi.
Opta xabariga ko'ra, Modrich Chempionlar ligasi chorak finalida asosiy tarkibga kiritilgan uchinchi eng keksa o'yinchiga aylandi. Xorvat 39 yoshu 211 kunligida maydonga tushdi.
Kattaroq yoshda Chempionlar Ligasi chorak finalini maydonda faqat Alessandro Kostacurta (39 yosh va 339 kun) va Rayan Giggz (40 yosh va 123 kun) asosiy tarkibda boshlagan.