Madridning "Real" klubi o'ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes Londonning "Arsenal" klubiga qarshi o'yinda jamoasining kambek qilishiga ishonmoqda.
"Biz u qadar yaxshi emasdik, "Arsenal" ajoyib o'yin ko'rsatdi. Raqib vaziyatlar yaratdi va bizga qanday bosim o'tkazishni bilardi. Biz bir nechta individual xatolarga yo'l qo'ydik. Ammo 0:3dan keyin javob bera oladigan jamoa bo'lsa, bu - biz. Bu - "Real" Madrid," - dedi Vaskes o'yindan keyingi intervyusida.