Londonning "Arsenal" klubiga qarshi o'yinda (0:3) Madridning "Real" klubining biryo'la ikki futbolchisi sog'lig'ida muammolar kuzatildi.
Gap David Alaba va Federiko Valverde haqida ketmoqda. Avstriyalik futbolchi uchrashuvning 79-daqiqasida zaxiraga olindi, urugvaylik futbolchi esa o'yin oxiriga qadar o'ynadi. Jurnalist Gilermo Rayning ma'lum qilishicha, ikkala futbolchi ham mushaklarida noqulaylik sezmoqda, ammo "Real"dagilar jarohatlar ahamiyatsiz ekanini taxmin qilmoqda. Tez orada qo'shimcha tibbiy ko'riklar o'tkaziladi.
13 aprel, yakshanba kuni Karlo Anchelotti jamoasi La Ligada "Alaves"ga qarshi bahs olib boradi. Uch kundan keyin "Arsenal" bilan javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.