Mbappe, Vinisius va «Real»ning boshqa o'yinchilari «Arsenal»ga qarshi 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin kambekka ishonmoqda.
«Madrid» Londonda Chempionlar Ligasining 1/4 finalining birinchi uchrashuvida yirik mag'lubiyatga uchradi. Javob bahsi 16 aprel kuni Ispaniyada bo'lib o'tadi.
Birinchi bo'lib «qaymoqranglilar»ning ikki o'yin natijasida yarimfinalga o'tish imkoniyati haqida Kilian Mbappedan so'raldi.
— Kilian, «Real» kambek qila oladimi?
— Ha, albatta, — deb javob berdi frantsiyalik forvard, jamoaning avtobusiga yurib ketar ekan.
Shundan so'ng, Vinisius Junior, Rodrigo va Federiko Valverdega ham shunday savol berildi.
Vinisius javob berdi: «Ha, qilamiz». Rodrigo va Valverde boshini qoqib, shunday dedi: «Ha».