"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichida "Real"ga qarshi o'yinda jarima zarbalaridan 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi ushbu zarbalar haqida quyidagicha fikr bildirdi:
«Men jarima zarbasidan zarba berib, juda ko'p bor jonli devorni nishonga olganman... Ilk zarbada zarbani amalga oshirish niyatim bor edi, lekin keyin jonli devor va Kurtua turgan pozitsiyani ko'rib, shunchaki urinib ko'raman, deb o'yladim!
Ikkinchi holatda esa gol urish uchun menda etarlicha ishonch bor edi», — deb aytib o'tdi u Prime nashriga bergan intervyusida.
Compilation Of Declan Rice Two Free kicks goals against Real Madrid
pic.twitter.com/J1SqKmvWzj