Eduardo Kamavinga "Arsenal"ga qarshi o'yin oxirida maydondan chetlatildi.
"Real" Chempionlar Ligasi 1/4 final dastlabki o'yinida safarda yirik hisobda mag'lub bo'ldi (0:3).
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 2-daqiqada uchrashuv bosh hakami Irfan Pelto hushtagidan keyin Kamavinga to'pni norozilik tufayli tepib yuborgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi. "Real" yarim himoyachisi 72-daqiqada ilk bor ogohlantirilgandi.
Shu tariqa Kamavinga 16 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan javob o'yinini o'tkazib yuboradi.