"Real" Chempionlar Ligasida so'nggi ikki yil ichida ilk bor yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
Karlo Anchelotti jamoasi "Arsenal" mehmoni bo'lib, javobsiz 3 ta gol o'tkazib yubordi (0:3).
Madridliklar so'nggi marta 2023 yil 17 may kuni ushbu turnirda uch va undan ortiq to'p farqi bilan mag'lub bo'lgandi. O'shanda ularni "Manchester Siti" tor-mor etgandi (0:4).
"Real" "Arsenal"ga qarshi javob o'yinini 16 aprel kuni o'z maydonida o'tkazadi.