"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Real"ga (3:0) qarshi birinchi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
26 yoshli angliyalik ikki bor jarima zarbasini golga aylantirdi.
"Yarim himoyachi o'yinni ajoyib tarzda o'tkazdi. U eng kerakli paytda jarima zarbalaridan ikki marta fantastik gol urdi. Uning kuchi va chidamliligi "Arsenal"ga ikkinchi bo'limni faol o'tkazishga yordam berdi. Raysning chiziqlar orasidagi harakatlari yaxshi edi va chap tomonda u Martinelli bilan muvaffaqiyatli kombinatsiya qildi va bu sovringa to'liq loyiq edi!" - deya qayd etdi UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.
Javob o'yini kelasi chorshanba, 16 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.