Luka Modrich Chempionlar Ligasida "Real" safida o'tkazgan o'yinlari soni bo'yicha Karim Benzemaga etib oldi.
Xorvatiyalik yarim himoyachi musobaqaning 1/4 finalidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi bugungi bahsni asosiy tarkibda boshladi.
Modrich Madrid klubi safida Chempionlar ligasidagi 133-o'yinini o'tkazmoqda - bu ko'rsatkich bo'yicha u Karim Benzemaga etib oldi.
Bu musobaqada "Real" tarkibida faqat Iker Kasilyas (152) ko'proq o'yin o'tkazgan.